Mavlonbek Mirkomilovning navbatdagi raqibi ma'lum bo‘ldi
Octagon 75 turnirida u turkiyalik Kamal Guseynovga qarshi ringga chiqadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Joriy haftaning oxirida Toshkentdagi “Humo Arena” majmuasida MMA bo‘yicha Octagon League 75 turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnir doirasida engil vaznda to‘p surib kelayotgan hamyurtimiz Mavlonbek Mirkomilov ham jang qiladi. Unga turkiyalik Kamal Guseynov raqiblik qiladi. Ushbu jang asosiy karddan joy olgan.
Mirkomilov g‘alaba qozonsa, chempionlik poygasiga qaytish imkoniga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Mavlonbek hozirgacha 11 marta professional jang o‘tkazgan — 8 ta g‘alaba, 2 ta mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. Kamal Guseynov esa 6 jangda qatnashib, 5 g‘alaba va 1 mag‘lubiyatga erishgan.
Bakradze Iman
Redaktor