Markaziy osiyo bosqichining yakuniy jadvali
Joriy yilning 22-26 aprel kunlari Pokiston davlatining Faysalobod shahrida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 qizlar jamoalari o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III - Markaziy Osiyo bosqichi o‘tkazilib, ikki yosh toifasida ham O‘zbekiston terma jamoalari shohsupaning “oltin” pog‘onasiga ko‘tarilgan edi.
Xo‘sh, ushbu musobaqada qatnashgan boshqa jamoalar qaysi o‘rinlarni egallashdi. E’tiboringizga musobaqa jadvalini to‘liq holda taqdim etamiz.
U-17 qizlar birinchiligi. 1-o‘rin. O‘zbekiston. 2-o‘rin. Turkmaniston. 3-o‘rin. Qirg‘iziston. 4-o‘rin. Pokiston. 5-o‘rin. Tojikiston.
U-19 qizlar birinchiligi. 1-o‘rin. O‘zbekiston. 2-o‘rin. Turkmaniston 3-o‘rin. Pokiston. 4-o‘rin. Mo‘g‘uliston. 5-o‘rin. Tojikiston.
Endilikda, ushbu bosqich g‘olibi sifatida O‘zbekiston U-17 va O‘zbekiston U-19 terma jamoalari Osiyo qit’asi bosqichida mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.