Markaziy ippodromda kichik o’smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida ot sportining uchkurash yo’nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
22–25 may kunlari Markaziy ippodromda kichik o’smirlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida ot sportining uchkurash yo’nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada mamlakatimizning eng kuchli yosh chavandozlari ishtirok etib, o‘z mahorati, chidamliligi va yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish etdilar. Uchkurash ot sportining eng murakkab yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u ot yo’rttirish, kross hamda to‘siqlardan sakrash (konkur) bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Uch kun davom etgan bahslarda ishtirokchilar sovrinli o‘rinlar uchun keskin kurash olib borib, munosib natijalar va haqiqiy sport ruhini ko‘rsatdilar.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari:
SSI-2*A
1-o'rin. Talibjonov Abdulaziz
2-o'rin. Yo‘ldashev Alisher
3-o'rin. Oxunboyev Muhammad
SSI-2*B
1-o'rin. Mirxaydarov Behruz
2-o'rin. Muhammadov Samandar
3-o'rin. Sobirjonov Sulaymon
SSI-1* Intro A
1-o'rin. Abdurahmanova Medina
2-o'rin. Erkinov Behruz
3-o'rin. Shohliyev Bekzod
SSI-1* Intro B
1-o'rin. Sadikova Alisa
2-o'rin. Buriev Asadbek
3-o'rin. Oripov Akbar
Derbi-C
1-o'rin. Yo‘ldashev Muhammadyusuf
2-o'rin. Sodiqov Erkin
3-o'rin. Odiljonov Muhammadsodiq