Marhamat tumanida sportning kurash turi bo‘yicha tuman chempionati o‘tkazildi
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar tuman sport maktabi tomonidan munosib taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Андижон спорт бошқармаси
Prezidentimizning tashabbusi bilan haftaning har payshanba kuni "Yoshlar kuni" sifatida belgilanganligi munosabati bilan, Marhamat tumanida yoshlar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha tuman chempionati o‘tkazildi.
Musobaqaning asosiy maqsadi yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdir. Tadbir davomida sportchilar o‘rtasida musobaqa ruhini shakllantirish va yoshlarni sportga keng jalb etish bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar tuman sport maktabi tomonidan munosib taqdirlandilar.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist