locale OZ

«Man Siti» va APL moliyaviy qoidalar buzilishi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilgan — Bloomberg

lub katta miqdorda tovon puli to‘lash orqali muammoni hal qilmoqchi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Man Siti» va APL moliyaviy qoidalar buzilishi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilgan — Bloomberg
photo: gettyimages

«Manchester Siti» moliyaviy qoidalar buzilishiga oid ishni hal qilish bo‘yicha APL bilan dastlabki muzokaralar o‘tkazgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muhokamalar klub deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilishidan oldin bo‘lib o‘tgan. Biroq «shaharliklar» o‘zining aybsiz ekanini izchil ravishda ta’kidlagani sababli muzokaralar tez orada to‘xtab qolgan.

Ta’kidlanishicha, tomonlar klub katta miqdorda tovon puli to‘lash orqali ishni hal qilishi, APLdan chiqarib yuborilish va chempionlik unvonlaridan mahrum etilish kabi jazolardan qutulishi mumkin bo‘lgan variantni muhokama qilgan. Ayrim mutaxassislar bunday ssenariyni ehtimoldan xoli emas deb hisoblamoqda.

Shuningdek, «Arsenal» va «Liverpul» kabi «Manchester Siti»ning raqiblari APLning klub bilan kelishuvga erishishiga qat’iy qarshi bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

Avvalroq «shaharliklar» 115 ta ayblov bo‘yicha jazodan qochishga umid qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting