UFC’ning sobiq ikki vazn toifasidagi chempioni Konor Makgregor 2026 yilda Oq uy oldida jang o‘tkazish niyati borligini bildirib o‘tdi. Irlandiyalik sportchi shu orqali amerikalik Maykl Chandlerga qarshi to‘qnash kelmoqchi ekanini anglatti.
“Bahslarga haqiqiy yechim faqat Oq uy oldida topiladi”, — deb yozdi Makgregor ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida, sun’iy ong yordamida yaratilgan suratga izoh qoldirib.
Ma’lumki, Chandler UFC’da engil vaznda chempionlik uchun da’vogarlaridan biri bo‘lgan va Makgregor u bilan jang haqida avval ham bir necha bor to‘xtalib o‘tgan.
Ushbu jang Makgregorning tanaffusdan so‘nggi katta qaytishi bo‘lishi mumkin.
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz
Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring!Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!