locale OZ

Mahmud Muradovning to‘yga qadam tashladi — chexiyalik modeldan ijobiy javob

O‘zbekistonlik fayter Sabina Karaskovaga turmush qurish taklifini berdi, qiz esa roziligini bildirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekistonlik mashhur MMA jangchisi, Oktagon MMA Ligasi o‘rta vazn toifasida vaqtinchalik chempion maqomida turgan Mahmud Muradov shaxsiy hayotida muhim qaror qabul qildi.

Sportchimiz Chexiyadagi mashhur modellardan biri — Sabina Karaskovaga turmush qurish taklifini berdi. Uzoq vaqtdan buyon samimiy munosabatda bo‘lib kelayotgan juftlikning bu qadami muxlislar e’tiborini tortdi.

Sabina Karaskova ushbu taklifga ijobiy javob berganini o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Mahmud Muradov ilgari ham chexiyalik ayol bilan turmush qurgan va bu nikohdan bir nafar qiz farzandi bor.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting