Mahachev va Maddalena o‘rtasidagi chempionlik jangi sanasi e’lon qilindi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Getty Images
Islam Mahachev va Jek Della Maddalena o‘rtasidagi jang sanasi tasdiqlandi.
Mazkur qarama-qarshilik 16-noyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq dog‘istonlik 33 yoshli jangchi yengil vazndagi kamaridan voz kechib, yarim o‘rta vaznga o‘tgandi. Agar u bo‘layotgan bellashuvda avstraliyalik chempionni mag‘lub etsa, ikki vaznda tengsiz bo‘lgan ilk rossiyalikka aylanadi.
Bu jang Maddalena uchun ilk kamar himoyasi bo‘ladi. 28 yoshli jangchi may oyida Bilol Muhammad ustidan g‘alaba qozonib, kamarni qo‘lga kiritgandi. Jek 8 o‘yinlik g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda.
Shu kungacha u UFC’da umuman mag‘lubiyatga uchramagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist