locale OZ

Magnus Carlsen — Esports World Cup Chess g'olibi

Norvegiyalik grossmeyster finalda imkoniyat qoldirmadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda o'tkazilgan, mukofot jamg'armasi 1 mln 550 ming dollar bo'lgan nufuzli shaxmat turniri — Esports World Cup Chess yakunlandi.

Kutilganidek, bosh sovrin norvegiyalik jahon chempioni Magnus Carlsenga nasib etdi. Finalda u fransiyalik Alireza Firouzjani har ikki setda ham 3:1 hisobida mag'lub etib, chempionlik va 250 ming dollar mukofot pulini qo'lga kiritdi.

Alireza chorak finalda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovni 3:1 hisobida yenggan edi. Uchinchi o'rin uchun bahsda amerikalik Hikaru Nakamura hindistonlik Arjun Ergaesidan 3,5:2,5 hisobida ustun keldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting