locale OZ

Madiyar Saidrahimov IBA.Pro 7 turnirida zafar quchdi

O‘zbekistonlik bokschi Istanbuldagi jangda ochkolar hisobida g‘alaba qozondi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

2 iyul kuni, Turkiyaning Istanbul shahrida IBA.Pro 7 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan 27 yoshli Madiyar Saidrahimov ringga ko‘tarildi.

Uning raqibi — Ozarbayjon bokschisi Ahmad Mustafoyev bo‘ldi. 6 raund davom etgan jangda Saidrahimov ochkolar hisobiga ko‘ra ustun kelib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bu Saidrahimovning professional ringdagi ikkinchi jangidir. U avvalroq, 2017 yili Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi debyut jangini ham g‘alaba bilan yakunlagan edi. Ahmad Mustafoyev uchun esa ushbu bellashuv prof ringdagi ilk chiqishi bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting