Madina Mirobzalova — Universiadada bronza medali sohibi
O‘zbekiston taekvondo jamoasi delegatsiya hisobiga ilk medalni olib keldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Reyn-Rur–2025 yozgi Universiadasida taekvondochimiz Madina Mirobzalova -57 kg vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
U janglarda Meksika, Turkiya va Livan sportchilarini mag‘lub etib, yarim finalgacha yetib bordi. Afsuski, bu bosqichda braziliyalik Maria Pachekoga yutqazib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Mirobzalova taekvondo bo‘yicha terma jamoamizga Universiadadagi dastlabki medalni olib keldi.
Bakradze Iman
Redaktor