“Los Angeles–2028” sari: UrDUda iqtidorli og‘ir atletikachi bilan muloqot
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida iqtidorli sportchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Og'ir atletika
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida iqtidorli sportchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Unda universitet rektori vazifasini bajaruvchi S. Xodjaniyazov Sport faoliyati yo‘nalishida, og‘ir atletika bo‘yicha tahsil olayotgan talaba Xasanboy Bardiyev bilan suhbatlashdi.
Uchrashuv davomida yosh sportchining “Los Angeles–2028” yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi, olimpiya litzensiyasini qo‘lga kiritish yo‘lidagi rejalari, mashg‘ulotlar jarayoni hamda xalqaro musobaqalardagi ishtiroki muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusidagi sport faoliyatiga oid muhim masalalar yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor