locale OZ

Logan Pol ogʻir jarohat oldi va yarim yil davomida ringga chiqolmaydi

Blogger va sportchi trisepsini yirtib oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Logan Pol ogʻir jarohat oldi va yarim yil davomida ringga chiqolmaydi
FOTO: Getty Images

31 yoshli amerikalik blogger, aktyor, bokschi va restler Logan Pol mashhur “World Wrestling Entertainment” (WWE) restling-promoushenidagi chiqishi vaqtida triseps mushagini yirtib oldi va yarim yilga safdan chiqdi.

“Trisepsimni yirtib oldim, operatsiyani boshdan kechirdim. Umumiy narkozdan voz kechdim va shifokorga hammasini his qilishni xohlashimni aytdim. Men hali ham WWE jamoaviy chempioniman. Menga tiklanish olti oy davom etishini aytishmoqda, lekin ularga ishonmayman. Bir necha haftadan keyin oʻzimning birinchi darajali kokteylim (32 g protein) bilan qaytaman”, dedi Pol.

Maʼlumot uchun, Logan Pol ushbu jarohatni 24-mayga oʻtar kechasi “Saturday Night's Main Event” shousida “Strit Profits” jamoasiga qarshi himoya jangida orttirib olgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting