locale OZ

Lausanne Grand Slam. Samariddin va So‘g‘diyona final blokida bronza medali uchun tatamiga chiqadi

Samariddin ukrainalik Dilshot Xalmatovni, So‘g‘diyona esa rossiyalik Liliya Nugayevani taslim eta oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lausanne Grand Slam. Samariddin va So‘g‘diyona final blokida bronza medali uchun tatamiga chiqadi
photo: Judo Uzbekistan

Lausanne Grand Slam. Samariddin va So‘g‘diyona final blokida bronza medali uchun tatamiga chiqadi

Shveysariyaning Lozzana shahrida o‘tkazilayotgan Lausanne Grand Slam 2026 turnirining birinchi kungi saralash bahslari yakuniga yetib, kechki final dasturida medallar uchun tatamiga chiqadigan juftliklar ma’lum bo‘ldi.

Biz uchun ahamiyatlisi, O‘zbekiston terma jamoasining ikki vakili ham final bloki bellashuvlarida ishtirok etadi. Samariddin Qo‘chqorov (-60 kg) va So‘g‘diyona Rafkatova (-52 kg) o‘tish bahslarida raqiblarini mag‘lub etib, final dasturida bronza medali uchun kurashish imkonini qo‘lga kiritishdi.

Samariddin ukrainalik Dilshot Xalmatovni, So‘g‘diyona esa rossiyalik Liliya Nugayevani taslim eta oldi.

Bronza medali uchun bahs

-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova – Rafaela Rodriges (Braziliya)
-60 kg: Samariddin Qo‘chqorov – Sherzod Davlatov (Qozog‘iston)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting