locale OZ

Kurash. Xalqaro hakamlik kursi: amaliyotga asosiy e’tibor

Chirchiqda davom etayotgan xalqaro toifadagi kurash hakamlari uchun malaka oshirish kursining kunning ikkinchi yarmidagi mashg‘ulotlari amaliy jarayonlarga bag‘ishlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Xalqaro hakamlik kursi: amaliyotga asosiy e’tibor
photo: Kurash Uzbekistan

Xalqaro hakamlik kursi: amaliyotga asosiy e’tibor

Chirchiqda davom etayotgan xalqaro toifadagi kurash hakamlari uchun malaka oshirish kursining kunning ikkinchi yarmidagi mashg‘ulotlari amaliy jarayonlarga bag‘ishlandi.

Gilam ustidagi mashg‘ulotlarni xalqaro ekspertlar Hikmat Kurtov va KimEur Joong olib bordilar.

Ishtirokchilar bellashuvlarni baholash, hakamlik qarorlarini qabul qilish, bahsli vaziyatlarda to‘g‘ri yondashuv va kurash qoidalarini amalda qo‘llash bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

Bu — nazariyani amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan, yagona xalqaro hakamlik standartlarini shakllantirishga qaratilgan muhim jarayondir.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting