Kurash. U20 Jahon chempioni Sherzod Poyonov munosib taqdirlandi
Taqdirlash marosimida viloyat rahbari chempionga kelgusi faoliyatida omad va yangi zafarlar tiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Kurash Uzbekistan
U20 Jahon chempioni Sherzod Poyonov munosib taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov tomonidan yosh sportchi, U20 Jahon chempioni Sherzod Poyonovga Qarshi shahridan ikki xonali uy sovg‘a qilindi.
Ta’kidlanishicha, mazkur sovg‘a Sherzod Poyonovning xalqaro sport musobaqalaridagi yuksak natijalari va O‘zbekiston sporti rivojiga qo‘shgan hissasi uchun berildi. Taqdirlash marosimida viloyat rahbari chempionga kelgusi faoliyatida omad va yangi zafarlar tiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor