locale OZ

Kurash. Toshkent shahar kurashchilari O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi

2026 yil 9–13 fevral kunlari Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi Navoiy shahridagi zamonaviy “So‘g‘diyona” sport majmuasida yuqori saviyada tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Toshkent shahar kurashchilari O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi
photo: Kurash Uzbekistan

2026 yil 9–13 fevral kunlari Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi Navoiy shahridagi zamonaviy “So‘g‘diyona” sport majmuasida yuqori saviyada tashkil etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 600 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etgan musobaqada erkaklar va ayollar o‘rtasida 16 vazn toifasida g‘oliblik uchun keskin va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Unda Navoiy viloyati prokurori, viloyat kurash federatsiyasi Raisi Abduqaxhor Mullajonov so‘zga chiqib, sportchilar va muxlislarni ushbu sport bayrami bilan qutladi. U o‘z nutqida kurashning xalqaro nufuzi yil sayin ortib borayotgani, yurtimizda ushbu sport turi bilan shug‘ullanuvchilar soni kengayib borayotganini ta’kidladi va musobaqani rasman ochiq deb e’lon qildi.

O‘zbekiston madhiyasi yangraganidan so‘ng, federatsiya rahbariyati tomonidan musobaqani yuqori saviyada tashkil etishga hissa qo‘shganlar tashkilotchilarga O‘zbekiston Kurash federatsiyasi Raisi nomidan tashakkurnomalar topshirildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent shahar jamoasi umumjamoa hisobida O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Buxoro viloyati ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Sirdaryo viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoalari uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting