Kurash. Surxandaryo viloyatining Termiz shahrida murosasiz bahslar ostida yakunlandi
Yunon-rum kurashi bo‘yicha U15 yosh toifasidagi O‘zbekiston kubogining ilk kuni Surxandaryo viloyatining Termiz shahrida murosasiz bahslar ostida yakunlandi. Yosh polvonlar gilamda o‘z mahorati, matonati va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoqini namoyish etib, muxlislarga haqiqiy sport bayramini taqdim etishdi.
Quyida birinchi kun g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
-38 kg:
1-o'rin. Abbakr Qurbonov (Buxoro)
2-o'rin. MuhammadLaziz Karimov (Toshkent viloyati)
3-o'rin. Boburjon Yo‘ldoshev (TOPSTTM)
3-o'rin. Afzal Turdaliev (TOPSTTM)
-44 kg:
1-o'rin. Bobur Sayfullaev (Buxoro)
2-o'rin. Sherzod Shernazarov (Buxoro)
3-o'rin. Azizbek Abdulxamidov (TOPSTTM)
3-o'rin. Valijon Suyunov (Navoiy)
-52 kg:
1-o'rin. Abdulaziz Xatamov (Toshkent viloyati)
2-o'rin. Abdurauf Abdumajidov (Farg‘ona)
3-o'rin. Miron Baxshilloev (Navoiy)
3-o'rin. Amir Uktamov (Navoiy)
-62 kg:
1-o'rin. Bexruz Abdupattaev (Namangan)
2-o'rin. Akbarshokh Eshmirzaev (Samarqand)
3-o'rin. Suxrobjon Musaev (Toshkent viloyati)
3-o'rin. Nurbek Bozorov (Farg‘ona)
-75 kg:
1-o'rin. Amir Azamatov (SOPSTTM)
2-o'rin. Xamidullo Axmadjonov (Andijon)
3-o'rin. Elshad Xudayberdiev (TOPSTTM)
3-o'rin. Azimjon Asatillaev (Toshkent shahri)
Musobaqaning ilk kuni yosh iste’dodlarning yorqin chiqishlari, kutilmagan natijalar va keskin bellashuvlarga boy bo‘ldi.