Kurash. Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan Osiyo kubogi tantanali ochildi
Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida kurash bo‘yicha Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan V Xalqaro Osiyo kubogining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Kurash Uzbekistan
Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida kurash bo‘yicha Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan V Xalqaro Osiyo kubogining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, viloyat prokurori va kurash federatsiyasi raisi Muradxon Ahmedov, O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisi o‘rinbosari Uyg‘un Umarov hamda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi texnik direktori Ravi Kapur ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olgan viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov yurtimizda kurash sportiga qaratilayotgan e’tibor tufayli uning xalqaro miqyosda tobora ommalashib borayotganini ta’kidlab, musobaqani rasman ochiq deb e’lon qildi hamda barcha polvonlarga muvaffaqiyat tiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor