Kurash. Navoiyda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
Ochilish marosimida viloyat sport boshqarmasi hamda Belbog‘li kurash federatsiyasi mas’ullari ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyat tiladilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Kurash Uzbekistan
Bugun Navoiy shahridagi Yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yoshlar o‘rtasida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida viloyat sport boshqarmasi hamda Belbog‘li kurash federatsiyasi mas’ullari ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilariga omad va muvaffaqiyat tiladilar.
Mazkur chempionatda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan sportchilar 10 ta vazn toifasida o‘zaro kuch sinashmoqda. Musobaqa yosh sportchilarning mahoratini oshirish, ularning tajribasini boyitish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishga xizmat qiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor