Kurash. Namanganda O'zbekiston chempionati oldidan komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi
Namangan shahridagi Barkamol avlod sport majmuasida Kurash bo'yicha U 13 kichik o'smirlar va qizlar o'rtasida o'tkaziladigan O'zbekiston chempionati oldidan mandat komissiyasining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda O’zbekiston kurash federatsiyasi mas'ul xodimlari, musobaqa bosh hakami va hududiy federatsiyalar va jamoa rahbarlari ishtirok etdi.
Ushbu chempionat yurtimizning har bir mahallasida yoshlarning sport, xususan kurash sport turiga bo’lgan qiziqishining naqadar yuqori ekanligini ko’rsatayotganligi e’tirof etildi. Hamda ushbu musobaqaning nufuzi yildan-yilga oshib borayotgani, ishtirok etuvchi kurashchilarning jismoniy tayyorgarligi ham yuqori darajada ekanligi aytib o'tildi.
Musobaqa oldidan kurashchilarning vazn o’lchash hamda qur’a tashlash jarayonlari ham bo’lib o’tdi.