locale OZ

Kurash. Kurash sporti fidoyilari munosib taqdirlandi

Tadbirni O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Kadirov ochib berib, o‘z so‘zida 2025 yilni kurash sporti rivojidagi muhim bosqich sifatida baholadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash sporti fidoyilari munosib taqdirlandi
photo: Kurash Uzbekistan

O‘zbekiston kurash federatsiyasi tomonidan 2025 yilda eng yaxshi natijalarga erishgan bir guruh sporchilar, murabbiylar, hakamlar hamda kurash sportini rivojiga ulkan hissasini qo‘shgan qator faollar orasida “Yilning eng yaxshilari”ni e’tirof etish hamda nominatsiya g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Kadirov ochib berib, o‘z so‘zida 2025 yilni kurash sporti rivojidagi muhim bosqich sifatida baholadi.

Xususan, Janubiy Koreyada o‘tgan Osiyo chempionati, Bahrayndagi Yoshlar o‘rtasidagi III Osiyo o‘yinlari va Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan VI Islom Birdamligi o‘yinlaridagi sportchilarning ulkan yutuqlari alohida ta’kidlandi.

Tadbirda Xalqaro kurash assosiatsiyasi Bosh kotibi Muxammad Rizo Nassiri, Xalqaro kurash instituti rektori, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari ishtirok etib, unda kurash – o‘zbek xalqining 3 ming yillik tarixga ega muqaddas merosi ekanligi, joriy yil kurashchilar, murabbiylar va federatsiya vakillarining fidokorona mehnati tufayli yangi g‘alabalarga boy yil bo‘lganligi e’tirof etildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting