Kurash. Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Kurash Uzbekistan
Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi harbiy xizmatchi va xizmatchilar o‘rtasida "Kurash" sport turi bo‘yicha "Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda:
Farg‘ona viloyati FVB terma jamoasi — 1-o‘rin,
Qashqadaryo viloyati FVB terma jamoasi — 2-o‘rin,
Surxondaryo viloyati FVB terma jamoasi — 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar kubok, medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sportni ommalashtirish, xodimlarning jismoniy tayyorgarligi va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor