Kurash. Farg‘onada belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon va Osiyo chempionatlariga start berildi
Bugun Farg‘ona shahridagi “Samo” sport majmuasida ilk bor belbog‘li kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati hamda kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzod Polvonov, xalqaro va milliy sport tashkilotlari rahbarlari, murabbiylar, sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Sport vazirligi, Butunjahon belbog‘li kurash assotsiatsiyasi, Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi hamda qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan nufuzli musobaqalar o‘ziga xos sport bayramiga aylangani ta’kidlandi.
Mazkur chempionatlarda Hindiston, Eron, Indoneziya, Turkiya, Latviya, Rossiya, Misr, Moʻgʻuliston, Polsha, qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi 30 ga yaqin davlatlarning eng nomdor polvonlari g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Musobaqalar 14-iyunga qadar davom etadi