locale OZ

Konstantin Li: \"Jahon chempionatida eng yaxshi natijamizni ko‘rsatishga harakat qilamiz\"

Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Konstantin Li: "Jahon chempionatida eng yaxshi natijamizni ko‘rsatishga harakat qilamiz"
PHOTO: Telegram

O'zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi axborot xizmati kadetlar terma jamoasi katta murabbiyi Konstantin Li bilan kichik suhbat tashkil etdi. Unda bizni oldinda kutib turgan dunyo birinchiligi haqida so'z boradi.

"Biz Jahon chempionati uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. So'nggi bosqich Toshkent viloyatida Rossiya hamda Belarus kadetlar terma jamoalari bilan hamkorlikda o'tdi. Yakuniy tarkibimizdan 20 nafar sportchi o‘rin oldi, 10 nafar yigit va yana 10 nafar qizlar. Albatta, biz Jahon chempionatida maksimal eng yaxshi natijamizni ko‘rsatishga harakat qilamiz", deydi janob Li.

Ma'lumot uchun, Fujayra shahri mezbonligidagi ahon chempionati bellashuvlari 10-14-may kunlari o'tkaziladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting