locale OZ

Konor Makgregor o‘z aybsizligini yana bir bor ta’kidladi

Hozircha ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konor Makgregor o‘z aybsizligini yana bir bor ta’kidladi
Foto: Getty Images

Irlandiyalik UFC yulduzi Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha o‘ziga nisbatan bildirilayotgan ayblovlarni yana rad etdi.

Makgregor bayonotida o‘zini aybsiz deb hisoblashini va mazkur ish bo‘yicha haqiqat oxir-oqibat yuzaga chiqishiga ishonishini bildirgan.

Avvalroq ushbu ish yuzasidan Makgregorga nisbatan jiddiy ayblovlar ilgari surilgani xabar qilingandi. Sportchi esa bu da’volarni asossiz deb atab, o‘z pozitsiyasidan chekinmasligini ta’kidlamoqda.

Hozircha ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan. Shu sababli vaziyat yuridik jarayonlar doirasida davom etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting