locale OZ

Komiljon To‘xtaev Qit'aviiy Atletlar forumida ishtirok etdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Komiljon To‘xtaev Qit'aviiy Atletlar forumida ishtirok etdi
Фото: Спорт вазирлиги

2-3 sentyabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) va Olimpiya birdamligi loyihasi tomonidan VI Qit'aviiy Atletlar forumi tashkil etildi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston MOQ Atletlar komissiyasi nomidan 2 karra qishki Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Komiljon To‘xtaev qatnashdi.

Forumda 45 MOQdan jami 120 nafar delegat ishtirok etdi. Tadbir davomida OOK va XOQ Olimpiya birdamligi loyihasi rasmiylari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza qilishdi. Shuningdek, sportchilar uchun bugungi kundagi dolzarb masalalar, xususan, ularning xalqaro maydondagi huquqlarini himoya qilish, Olimpiya harakatini mamlakatlarida ommalashtirishdagi o‘rni kabi mavzularda fikr almashildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting