Kikboksingchilarimiz Jahon kubogida tarixiy g‘alabaga erishdi
Tailandning Bankok shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy muvaffaqiyatga erishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: kikboksing Uzbekistan
Tailandning Bankok shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy muvaffaqiyatga erishdi.
Dunyoning 32 mamlakatidan 1000 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etgan nufuzli musobaqada hamyurtlarimiz o‘z mahoratlarini namoyish etib, sporthilarimiz 36 ta oltin, 22 ta kumush, 14 ta bronza, umumiy hisobda 72 ta medallar shodasiga egalik qildi.
Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kikboksinglarimizni federatsiya mutasaddilari, sportchilarimizning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari tantanali kutib olishdi va ularga keyingi musobaqalarda muvaffaqiyat tilashdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor