Kattalar va kadetlar terma jamoalarimizning rejalari muhokama qilindi
Bo'lajak musobaqalardagi imkoniyatlarimiz haqida maʼlumot berishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi
Oʼzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Аzizjon Kamilov mamlakat kattalar va oʼsmirlar terma jamoalari murabbiylar shtabi bilan uchrashdi.
Unda har ikki terma jamoamizning oldinda turgan musobaqalarga olib borayotgan tayyorgarligi muhokama qilindi. Murabbiylar shtabi oʼtkazilayotgan mashgʼulotlar, dzyudochilarning holati, bo'lajak musobaqalardagi imkoniyatlarimiz haqida maʼlumot berishdi.
Oʼz oʼrnida Аzizjon Kamilov murabbiylar va dzyudochilarga oʼzlariga nisbatan masʼuliyatni oshirish, har bir musobaqada natijalar orqali tarixni yangilash lozimligini taʼkidladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist