locale OZ

Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempioniga aylandi

Omonova Osiyo rekordini ham yangiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Karomat Omonova Osiyo rekordini yangilab, Jahon chempioniga aylandi
Фото: Olympic.uz

Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonning Nyu-Deli shahrida o‘tkazilayotgan Jahon chempionatida navbatdagi medalga erishdi.

Ayollar o‘rtasida F46 toifasida tashkil etilgan yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan 20 yoshli hamyurtimiz Karomat Omonova 13.07 m natija bilan barcha raqiblaridan ustun kelish barobarida Osiyo rekordini ham yangiladi.

Jahon chempionati
Ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish dasturi (F46)
Karomat Omonova (O‘zbekiston) – 13.07 (Osiyo rekordi)
Holli Robinson (Yangi Zelandiya) – 12.86 (Okeaniya rekordi)
Keti Pegg (Kanada) – 12.76

Omonovaning ishtirokidan so‘ng medallarimiz soni 8 taga yetdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush hamda 1 ta bronza. Bellashuvlar davom etmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting