locale OZ

\"Karate-1 Premier league\" Sportchilarimiz vazn o'lchashdan o'tishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Karate-1 Premier league" Sportchilarimiz vazn o'lchashdan o'tishdi
PHOTO: Telegram

Karate WKF bo’yicha milliy terma jamoamiz Misr mezbonlik qiladigan “Karate-1 Premier league” da ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun bu turnir karate olamidagi eng nufuzli musobaqalardan biri sanaladi. Unda dunyoning eng kuchli sportchilari ishtirok etishadi. Jahon reyting ballarini taqdim etadigan mazkur birinchilikda O’zbekiston termasi 6 nafar atlet bilan qatnashadi.

Bugun Qohira shahrida vazn o’lchash marosimi bo’lib o’tdi va karatechilarimiz ushbu jarayonlardan muvaffaqiyatli o’tishdi.

Mazkur birinchilikda bizning 6 nafar atletimiz tatamiga chiqadi:

1. To’raxonov Mehriddin (-60kg)
2. Muhammadiyev Quvonchbek (-75kg),
3. Namozov Shuhratbek (-84kg),
4. Rahimova Sevinch (-55kg)
5. Otaboyeva Sevinch (-61kg)
6. Egamberdiyeva Bonu (68kg)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting