Karate. Osiyo karate federatsiyasi (AKF) bosh hakami O’zbekistonga keldi
Ko’zlangan maqsad, mamlakatimiz hakamlari va murabbiylarining malakasini oshirish, joriy yilda Yaponiya mezbonligida o’tadigan Osiyo o’yinlariga puxta tayyorgarlik ko’rishdan iborat.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: karate Uzbekistan
Osiyo karate federatsiyasi (AKF) bosh hakami O’zbekistonga keldi.
Joriy yilning 5-7 yanvar kunlari poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida O’zbekiston karate WKF assotsiatsiyasi hakamlari hamda murabbiylari uchun xalqaro seminar tashkil etiladi.
Ushbu nufuzli seminarda Osiyo karate federatsiyasi (AKF) bosh hakami Mansur Al-Sultan, Osiyo karate federatsiyasi hakamlar komissiyasi a’zosi — Jaber Mohammed Alzaabi va xalqaro toifadagi hakam Moldagali Askar ishtirok etadilar.
Ko’zlangan maqsad, mamlakatimiz hakamlari va murabbiylarining malakasini oshirish, joriy yilda Yaponiya mezbonligida o’tadigan Osiyo o’yinlariga puxta tayyorgarlik ko’rishdan iborat.
Ibrohim Jalolov
Redaktor