Kanoe bo'yicha Osiyo chempionati yakunlandi
Ikki musobaqani 5 ta oltin, 4 ta kumush hamda 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Tailandning Pattaya shahrida joriy yilning 2-8-mart kunlari davomida ICF World Ranking - Xalqaro reyting turniri, shuningdek, U18, U23 yosh toifasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi.
Ushbu nufuzli musobaqalarda 6 nafar sportchimiz (Samandar Saydullayev, Ibragim Nosirjonov, Sherzod Qurbonaliyev, Asilbek Ernazarov, Mustafo Matiboyev, Daniyar Islamov) klassik slalom, short slalom, yakkalik hamda jamoaviy bellashuvlardagi kanoe va baydarka slalomida, kayak kross yo‘nalishlarida ishtirok etishdi.
Terma jamoamiz joriy yildagi ikki musobaqani 5 ta oltin, 4 ta kumush hamda 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist