locale OZ

Kamondan otish. Toshkent shahar kubogi musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

Toshkent shahrining barcha tumanlaridan jami yuz nafarga yaqin kamonchi-sportchilar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamondan otish. Toshkent shahar kubogi musobaqasi gʻoliblari aniqlandi
photo: kamondan otish

Poytaxtimizda joylashgan "Yosh gvardiyachilar" bolalar-oʻsmirlar sport maktabida sportning Kamondan otish turi boʻyicha barcha yosh toifalarida boʻlib oʻtgan Toshkent shahar kubogi musobaqasi gʻoliblari aniqlandi.

Toshkent shahrining barcha tumanlaridan jami yuz nafarga yaqin kamonchi-sportchilar ishtirok etgan musobaqa chinakam bahs maydoniga aylandi.

Har bir yosh toifasi boʻyicha qatnashchilar belgilangan masofadan kamondan otib, gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqa soʻngida faxrli oʻrinni egallagan sportchilar diplom, medallar va qimmatbaho sovgʻalar bilan tantanali taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting