Kamondan otish sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda
Ushbu xalqaro turnir sportchilar o‘rtasida tajriba almashish, do‘stona aloqalarni mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Joriy yilning 3–7-mart kunlari Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi qoshida faoliyat yuritayotgan “Olympic Club” tomonidan kamondan otish sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqa tashkil etilmoqda.
Mazkur musobaqada Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlaridan tashrif buyurgan sportchilar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashmoqda. Musobaqaning asosiy maqsadi — kamondan otish sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda xalqaro arenalarda Vatanimiz sharafini himoya qila oladigan yosh iste’dodlarni tayyorlashdan iborat.
Ushbu xalqaro turnir sportchilar o‘rtasida tajriba almashish, do‘stona aloqalarni mustahkamlashi bilan ahamiyatlidir.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist