locale OZ

Kamondan otish bo‘yicha xalqaro seminar yakunlandi

27 nafar mahalliy murabbiy xalqaro darajadagi tajribaga ega bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamondan otish bo‘yicha xalqaro seminar yakunlandi
Rasm: Olympic.uz

Toshkentdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkazilgan kamondan otish bo‘yicha xalqaro o‘quv-seminar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Mazkur tadbirda World Archery – Butunjahon kamondan otish federatsiyasi tavsiya etgan tajribali mutaxassis, ukrainalik ekspert Viktoriya Koval qatnashib, yurtimizning turli hududlaridan kelgan 27 nafar murabbiyga zamonaviy bilim va tajribasini ulashdi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga “Olimpiya birdamligi” dasturi va World Archery tomonidan maxsus sertifikatlar topshirildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting