Kamondan otish bo'yicha Toshkent shahar chempionati boshlandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Toshkent shahrida kamondan otish boʻyicha chempionatga start berildi!
Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kamondan otish bo‘yicha Toshkent shahar chempionati yuqori kayfiyatda boshlandi.
Musobaqada yoshlar 70 metr, o‘smirlar 60 metr, kichik o‘smirlar esa 30 metrga kamondan o‘q otish bo‘yicha o‘zaro bellashishmoqda.
Huddi shunday chempionat Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan "1-sonli sport maktabi"da ham bo'lib o'tmoqda. Ushbu chempionat 2 yo‘nalishda ya'ni "Kvalifikatsion raundi" va "Olimpik raundi" yo‘nalishida tashkil etilib, viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan iqtidorli sportchilar ishtirok etishmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor