Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Farg‘ona viloyatida 15–18-sentabr kunlari o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida kamondan otish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Nufuzli musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli sportchilar ishtirok etib, g‘oliblik uchun murosasiz bahslarda kuch sinashdilar.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, o‘smirlar o‘rtasida umumjamoa hisobida:
1-o‘rin — Farg‘ona viloyati jamoasi
2-o‘rin — Toshkent viloyati jamoasi
3-o‘rin — Navoiy viloyati jamoasi
Yoshlar o‘rtasida umumjamoa hisobida:
1-o‘rin — Jizzax viloyati jamoasi
2-o‘rin — Farg‘ona viloyati jamoasi
3-o‘rin — Toshkent viloyati jamoasi