Kamondan otish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
Mahorat darsi davomida talabalar sportning ushbu turi bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar hamda o‘z merganlik mahoratlarini sinab ko‘rishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: kamondan otish
Milliy gvardiyaning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Buxoro viloyati Sport boshqarmasi hamkorligida Osiyo xalqaro universiteti talaba-yoshlari ishtirokida kamondan otish sport turi bo‘yicha navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur tadbir yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda milliy sport turlaridan biri bo‘lgan kamondan otish sportini targ‘ib etish va rivojlantirishga qaratildi.
Mahorat darsi davomida talabalar sportning ushbu turi bo‘yicha nazariy bilimlarga ega bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar hamda o‘z merganlik mahoratlarini sinab ko‘rishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor