locale OZ

Kamonchilarimiz birinchi bor Osiyo chempionatida shohsupaga ko‘tarilishdi

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ilk bor qit’a birinchiligida sovrindor bo‘lishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamonchilarimiz birinchi bor Osiyo chempionatida shohsupaga ko‘tarilishdi
Фото: МОҚ

Bangladeshda kamondan otish bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi.

Ahamiyatlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ilk bor qit’a birinchiligida sovrindor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mikst dasturida Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchilari Amirkhon Sodiqov hamda Ziyodaxon Abdusattorova juftligi finalgacha yetib borib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, yigitlarimiz jamoaviy dasturda uchinchi o‘rin uchun bahsda Qozog‘istondan ustun kelib, bronza medallariga ega chiqishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting