Kamonchilarimiz Antalyadagi Jahon kubogida ishtirok etishadi
9-14-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtadi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Redaktor
photo: kamondan otish
9-14-iyun kunlari Turkiyaning Antalya shahrida kamondan otish boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi. Mamlakat kamondan otish federatsiyasining maʼlum qilishicha, mazkur musobaqada quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:
Erkaklar: Amirxon Sodiqov, Bekzod Boborajabov, Muhammadqodir Ergashev, Oʻtkirjon Hoshimov.
Ayollar: Ziyodaxon Abdusattorova, Nilufar Hamroyeva, Malika Anvarjonova, Sabina Joʻraqulova.