locale OZ

Kamaru Usman: “Hamzat Chimaev bilan besh raundlik jang qilmaganimdan afsusdaman”

Usmanning so‘zlariga ko‘ra, u qisqa muddat ichida jangga rozi bo‘lganiga qaramay, ilk raunddan keyin vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartira boshlagan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kamaru Usman: “Hamzat Chimaev bilan besh raundlik jang qilmaganimdan afsusdaman”
Foto: Getty Images

UFC sobiq yarim o‘rta vazn chempioni Kamaru Usman Hamzat Chimaevga qarshi UFC 294 turniridagi jang haqida fikr bildirib, o‘sha bahs besh raund davom etmaganidan afsusda ekanini aytdi.

Usmanning so‘zlariga ko‘ra, u qisqa muddat ichida jangga rozi bo‘lganiga qaramay, ilk raunddan keyin vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartira boshlagan. Shu sababli u besh raundlik chempionlik jangi bo‘lganida natija boshqacha bo‘lishi mumkinligiga ishonadi.

“Hamzat bilan besh raund jang qilmaganimdan afsusdaman. Men jang davomida unga moslashib borayotgandim. Agar yana ikki raund bo‘lganida, hammasi boshqacha yakunlanishi mumkin edi”, — dedi Usman.

Eslatib o‘tamiz, UFC 294 turnirida Hamzat Chimaev aslida Paulo Kostaga qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq braziliyalik sportchi jarohati sabab chekingach, uning o‘rnini qisqa muddatda rozi bo‘lgan Kamaru Usman egalladi. O‘rta vazn toifasida o‘tgan uch raundlik bahs yakunida Chimaev hakamlarning ko‘pchilik qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting