Kadetlarimiz Osiyo chempionatidagi raqiblarini bilib olishdi
Biroz avval Amman shahrida ertaga start oladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki kunlik bellashuvlarda qit’amizning 20 davlatidan 200 nafarga yaqin dzyudochi medallar uchun tatamiga chiqadi. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining 20 nafar vakili yurtimiz sport sharafini himoya qiladi.
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:
-50 kg: Akbar Sharipov – Yu-Yen Kao (Xitoy Taypeyi)/Sanad Al-Zorba (Iordaniya)
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov – Haytam Al Salhi (Suriya)/Vijay Pagare (Hindiston)
-55 kg: Bobur Yusupov – Sartak Mamagayn (Hindiston)
-60 kg: Davlatbek Ahrorov – Ibrohim Al-Qadhi (Yaman)
-60 kg: Abubakr Sattorov – Buti Alhashmi (BAA)
-66 kg: Akramjon Karimov – Ali Abdulloh (Quvayt)
-73 kg: Behruzbek Usmonov – Hamdan Almaazmi (BAA)/Botrus Tarabay (Livan)
-81 kg: Samandar Sunnatov – Harshit (Hindiston)/Ali Aljadi (Quvayt)
-90 kg: Jo‘rabek Eshpo‘latov – Yaqub Alkandari (Quvayt)/Muhammad Barfaraz (Eron)
+90 kg: Alibek Durdiyev – Balasaheb Nage (Hindiston)/Jon Kay (Livan)
QIZLAR
-40 kg: Iroda Sirojiddinova to‘g‘ridan to‘g‘ri 1/2 finalda
-44 kg: Alina Kolyucheva – Munira Manasbekova (Qirg‘iz Respublikasi)
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva – Shen Ting-Yu (Xitoy Taypeyi)/Lyan Al-Jabali (Iroq)
-48 kg: Charos Hikmatova – Ritaj Al-Jabali (Iroq)/Layzenri Okta (Indoneziya)
-48 kg: Mohinur Ollaberganova – Malak Alshayer (Suriya)/Diviya Makvana (Hindiston)
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva – Kushki Mahsa (Eron)
-57 kg: Zuhra Alimova – Samela Barmada (Suriya)
-63 kg: Dinora Samandarova – Teressa Chayeb (Livan)/Hushbu Darjada (Hindiston)
-63 kg: Parizoda Yuldasheva – Milena Borubolotova (Qirg‘iz Respublikasi)
-70 kg: Poshshajon Jumabayeva – Hang Tsay-Hsuan (Xitoy Taypeyi)