Jondor. Alieli MFY hududida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy sport zali barpo etildi
Ushbu loyiha aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratish va hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: sport vazirligi
Buxoro viloyati Jondor tumanida 2025-yil “Open Budget” dasturining 1-mavsum loyihalari doirasida aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan navbatdagi inshoot foydalanishga topshirildi. Alieli MFY hududida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy sport zali barpo etildi.
Mazkur sport zalining ochilish marosimida tuman hokimligi, viloyat sport boshqarmasi vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda qishloq aholisi ishtirok etdi.
Ushbu loyiha aholining sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratish va hudud infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor