Jizzaxda barcha yosh toifalari bo'yicha o'tkazilgan joriy yilgi O'zbekiston chempionatlari nihoyasiga yetdi
Musobaqalarda Respulbikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan taekvondo ustalari mamlakat g‘olibligi uchun bahs olib bordi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: taekvando Uzbekistan
Bugun Jizzax shahridagi "Kibersport arenasi" majmuasida taekvondo WT bo'yicha o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatlari yakuniga yetdi.
Musobaqalarda Respulbikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan taekvondo ustalari mamlakat g‘olibligi uchun bahs olib bordi. Turnirning so'nggi ikki kunida kattalar o'rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi.
Ma'lumot uchun, joriy yilgi mamlakat birinchiligining pumse yo'nalishida 400 nafarga yaqin, o'smirlar toifasida 600 ga yaqin, yoshlar o'rtasida 600 nafardan ziyod va kattalar toifasida 343 nafar sportchilar, jami 1900 dan ziyod atletlar O'zbekiston chempionatlarida ishtirok etishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor