locale OZ

Jizzax dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi

3-4 iyul kunlari Jizzax shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jizzax dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi
photo: Dzyudo Uzbekistan

3-4 iyul kunlari Jizzax shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tadi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrining eng kuchli dzyudochilari tatamiga chiqadi. Ikki kun davomida sportchilar o‘z vazn toifalarida medallar uchun kurash olib boradi.

Musobaqa "Jizzax kurash mahorat maktabi" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi va 2026 yilgi O‘zbekiston kubogi sohiblari aniqlanadi.

Barcha dzyudo muxlislarini sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga va tatamidagi yorqin, shiddatli va murosasiz bellashuvlarning guvohi bo‘lishga taklif etamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting