locale OZ

Javohir Sindarov va Hikaru Nakamuraning o’zaro klassik bahs natijalari raqamlarda

Nakamura — nafaqat klassik shaxmatda, balki rapid va blitz formatlarida ham dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Javohir Sindarov va Hikaru Nakamuraning o’zaro klassik bahs natijalari raqamlarda
photo: Chess Uzbekistan

Hamyurtimiz Javohir Sindarov turnirning tajribali ishtirokchilaridan biri — Hikaru Nakamuraga qarshi dona suradi.

Nakamura — nafaqat klassik shaxmatda, balki rapid va blitz formatlarida ham dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri hisoblanadi.

Hikaru uchun bu faoliyatidagi 4-Nomzodlar turniri (2016, 2022, 2024, 2026). U 2022-yilda g‘alabaga eng yaqin kelgan va hanuzgacha jahonning eng kuchli grossmeysterlaridan biri sifatida maydonga chiqmoqda.

Ularning ushbu turnirdagi ilk uchrashuvi 5-turda bo‘lib o‘tgan edi. O‘sha bahsda Javohir qora donalarda ishonchli va puxta o‘yin namoyish etib, Hikaru Nakamurani mag‘lub etgan edi.

Partiyaning eng esda qolarli lahzasi 13.h4 yurishi bo‘lgandi. Hikaru ushbu qaror ustida 67 daqiqa 44 soniya o‘ylab ham vaziyatni saqlab qola olmagan edi.

Mazkur g‘alaba Sindarov uchun ketma-ket uchinchi muvaffaqiyat bo‘lib, aynan shu natija orqali u LIVE reytingda jahon TOP-5 taligiga ko‘tarilgan edi.

Hikaruning birinchi davradagi natijalari quyidagicha:


— 5 ta durang (Vey Yi, Matthias Blyubaum, Andrey Yesipenko, Praggnanadhaa Rameshbabu, Anish Giri)
— 2 ta mag‘lubiyat (Fabiano Karuana, Javohir Sindarov).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting