Javohir Sindarov jahonning 1-raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsenga mag'lubiyat yetkazdi
Sindarov bugun 20 yoshni qarshi oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Chess Uzbekistan
Janubiy Afrika Respublikasida bo'lib o'tayotgan Freestyle Chess Grand Slam Final nufuzli turnirining 1-turida oq donalarda Magnus Karlsen ustidan g'alaba qozondi.
Ma'lumot uchun, bugun Javohir Sindarovning tug'ilgan kuni. Jahon kubogining eng yosh sohibi bo'lgan hamyurtimiz 2005 yil 8 dekabrda tavallud topgan, bugun u 20 yoshni qarshi oldi.
Eslatib o'tamiz, Sindarov yaqinda Hindistondagi turnirda ham muvaffaqiyatga erishib, eng yosh chempionga aylangandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist