locale OZ

Javohir Sindarov: Ikki hafta shaxmatga yaqinlashmadim, faqat Counter-Strike o‘ynab dam oldim

Javohir Sindarov hozirda Polshada Grand Chess Tour doirasida dunyo yulduzlariga qarshi dona surmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Javohir Sindarov: Ikki hafta shaxmatga yaqinlashmadim, faqat Counter-Strike o‘ynab dam oldim
photo: Chess Uzbekistan

Yaqindagina Nomzodlar turnirida g‘alaba qozonib, butun shaxmat olamini hayratda qoldirgan Javohir Sindarov hozirda Polshada Grand Chess Tour doirasida dunyo yulduzlariga qarshi dona surmoqda.

Javohirdan Nomzodlar turniridan keyin vaqtini qanday o‘tkazgani haqida so‘rashganda, u kutilmagan javobni berdi. Uning aytishicha, so‘nggi ikki hafta davomida shaxmatga umuman yaqinlashmagan va vaqtini ko‘proq Counter-Strike (CS) o‘ynash hamda boshqa ishlar bilan o‘tkazgan.

"Nomzodlar turniri odamni juda charchatib qo‘yadi, bor kuchingni oladi. Shuning uchun shunchaki miyani dam oldirish kerak edi. Polshadagi turnirga atigi ikki kun qolgandagina tayyorgarlik ko‘rishni boshladim"

Ushbu nufuzli musobaqadagi maqsadlari haqida gapirar ekan, Javohir o‘ziga ortiqcha bosim yuklamayotganini ta’kidladi. Uning uchun hozirgi asosiysi turnirda g‘olib chiqish emas, balki shunchaki o‘z darajasida, sifatli va chiroyli shaxmat ko‘rsatishdir.

Musobaqaning birinchi kuni yakunlari bo‘yicha hamyurtimiz o‘z o‘yinlaridan mamnunligini bildirdi. U dastlabki ikki partiyada g‘alabaga juda yaqin kelgani, lekin raqiblar ham kuchli himoyalanganini aytdi. Uchinchi o‘yinda esa biroz omad kulib boqib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan:

"O‘yin davomida yutish qiyindek tuyulgandi, lekin yakunda g‘alaba qozondim. Birinchi kundan ko‘nglim to‘ldi"

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting