Jastin Getji UFC tarixidagi eng kuchli jangchilar to'rtligini aytdi
Amerikalik sportchi navbatdagi janggini 25 yanvar kuni oʻtkazadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
UFC yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamarining sobiq egasi Jastin Getji Paramount UFC Crew YouTube-kanaliga bergan intervyusida tashkilot tarixidagi eng buyuk jangchilardan iborat top-4 ro‘yxatini e’lon qildi.
Getji talqiniga ko‘ra, UFC tarixidagi eng buyuk to‘rt jangchi quyidagilar:
- Anderson Silva
- Jon Jons
- Jorj Sent-Pyer
- Chak Liddell
Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji navbatdagi jangini 25 yanvar kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 324 turniri doirasida o‘tkazadi. Uning raqibi UFC yengil vazn reytingida beshinchi o‘rinda borayotgan britaniyalik Peddi Pimblett bo‘ladi. Ushbu to‘qnashuvda 70 kg vazn toifasidagi vaqtinchalik chempionlik kamari o‘ynaladi. Shuningdek, mazkur jang turnirning markaziy bahsi sifatida e’tirof etilgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist